Bill Villyamsning Ajoyib Ossillyatori Texnik Indikatori (Awesome Oscillator, AO) — bu (HQL)/2 barlarning o'rta nuqtalari bo'yicha qurilib, (HQL)/2 barlarning markaziy nuqtalari bo'yicha qurilgan 5 davrli oddiy sirpanuvchi o'rtachadan ayrilgan 34 davrli oddiy sirpanuvchi o'rtachadir. U bizga bozordagi harakatlanuvchi kuchda joriy vaqt oralig'ida nimalar yuz berayotgani to'g'risida aniq ma'lumot beradi.
Xarid qilish uchun signallar
Likopcha (Blyudse)
Bu xarid qilish uchun yagnona signal bo'lib, u gistogramma nol chizig'idan yuqoriga joylashtirilganda yuzaga keladi. Quyidagilarni yodda tutish zarur:
"Likopcha" signali gistorgramma yo'nalishini pastga tomon tushuvchidan yuqoriga ko'tariluvchiga o'zgartirganda vujudga keladi. Ikkinchi ustun birinchisidan pastroq va qizil rangga bo'yalgan. Uchinchi ustun ikkinchisidan yuqori va u zangori rangda.
Yodingizda bo'lsin, xarid qilish uchun "Likopcha" signalidan foydalanganda Awesome Oscillatorining barcha ustunlari yuqorida joylashgan bo'lishi kerak.
Nol chizig'ini kesib o'tish
Gistogramma manfiy qiymatlardan musbat qiymatlarga o'tganda xarid qilishga signal paydo bo'ladi. Bunda:
Bunda:
bunday signal paydo bo'lishi uchun faqat ikkita ustun zarur
birinchi ustun nol chizig'idan pastda bo'lishi, ikkinchi ustun nol chizig'ini kesib o'tishi kerak (manfiy qiymatdan musbat qiymatga o'tish)
xarid qilishga va soishga signalning bir vaqtda bo'lishi mumkin emas.
Ikki cho'qqi
Bu gistogrammaning qiymati nol chizig'idan pastga o'tganda hosil bo'lishi mumkin bo'lgan, xarid qilish uchun yagona signaldir.
Bu yerda quyidagilarni yodda tutish zarur:
Sizda nol chizig'idan pastda joylashgan, pastga yo'nalgan cho'qqi (eng past minimum) bo'lib, uning ketidan avvalgi cho'qqidan yuqori bo'loan pastga qaragan (absolyut qiymati bo'yicha kichik bo'lgan manfiy son, shning uchun u nol chizig'iga yaqin joylashadi) pastga yo'nalgan boshqa cho'qqi keladi;
gistogramma ikki cho'qqi orasida nol chizig'idan pastroqda joylashgan bo'lishi kerak. Agar gistogramma nol chizig'ini cho'qqilar orasida kesib o'tsa, bu holda xarid qilish uchun signal amal qilmaydi. Biroq "Nol chizig'ini kesib o'tish" xarid qilishga signalni hosil qiladi;
gistogrammaning har bir yangi cho'qisi avvalgi cho'qqisidan yuqoriroq bo'lishi kerak (nol chizig'iga yaqinroq turgan, moduli bo'yicha kichik bo'lgan manfiy son);
agar qo'shimcha, yanada yuqoriroq cho'qqi (nol chizig'iga yaqinroq bo'lgan) shakllanayotgan bo'lsa va gistogramma nol chizig'ini kesib o'tmagan bo'lsa, u holda xarid qilishga qo'shimcha signal hosil bo'ladi.
Sotish uchun signallar
Sotish uchun Awesome Oscillator signallari xarid qilish signallari bilan bir xil. "Likopcha" signali teskari o'girilgan va nolda pastda joylashgan. "Nol chizig'ini kesib o'tish" kamayi borish bo'yicha kechadi - birinchi ustun noldan yuqorida, ikkinchisi pastda "Ikki cho'qqi" esa nol chizig'idan yuqorida va u ham to'nkarilgan.
Hisoblash
Awesome Oscillato gistogrammasi - bu (H+L)/2 barlarning markaziy qiymatlari bo'yicha qurilgan, (H+L)/2 markaziy nuqtalari bo'yicha 5 davrli oddiy sirpanuvchi o'rtachadan ayrilgan 34 davrli oddiy sirpanuchi o'rtachadir.
MEDIAN PRICE = (HIGH+LOW)/2AO = SMA(MEDIAN PRICE, 5)-SMA(MEDIAN PRICE, 34)
Bu yerda:
MEDIAN PRICE — median narx;
HIGH — barning maksimal narxi;
LOW — barning minimal narxi;
SMA — oddiy sirpanuvchi o'rtacha.
Команда аналитиков ИнстаФорекс
ГК ИнстаФинтех © 2007-2024